Toshkent axborot texnologiyalari universiteti saytidan olingan rektor
S.S.Qosimov tabrik so'zi
Xozirgi kunda butun jaxon miqyosida industrial jamiyatdan axborotlashtirilgan jamiyatga o'tish davri boshlandi va bu jarayon xar xil mintaqalarda turli sur'atlar bilan davom etmoqda. Rivojlangan davlatlar mazkur xududlarda o'zlarining shart-sharoitlari (telekommunikasion infratuzilma, axborotlashtirish industriyasi, xuquqiy baza va x.k) ni xisobga olgan xolda axborotlashtirilgan jamiyat qurish konsepsiyalarini ishlab chiqmoqdalar. Mustaqil O'zbekiston Respublikasida xam jamiyatni axborotlashtirish, respublikada kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo'yicha qator tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning 2002 yil 30-maydagi farmoni bilan Toshkent elektrotexnika aloqa instituti Toshkent axborot texnologiyalari Universitetiga aylantirildi va Vazirlar Maxkamasining 8 noyabrdagi qaroriga muvofiq Universitetning keyingi 10-15 yillardagi rivojining istiqbolli rejalari belgilab olindi. Universitet zimmasiga dasturiy maxsulotlar va axborot texnologiyalarini yaratish, dasturlash, axborot xavfsizligi, elektron tijorat, tarmoq texnologiyalari, ko'chma radio va telefon aloqalarsi soxalari bo'yicha malakali mutaxassislar tayyorlash vazifalari yuklatildi. 2005 yilda o'zining 50 yillik yubileyini nishonlash arafasida turgan universitetimiz elektrotexnika va aloqa yo'nalishlari bo'yicha oddiy muxandis tayyorlovchi institutdan axborot-kommunikasiya texnologiyalari bo'yicha mutaxassislar tayyorlovchi universitetgacha bo'lgan yo'lni bosib o'tdi. Universitetimiz boy tarixi, ajoyib an'analari, erishgan ilmiy natijalari, bu dargoxni bitirib chiqqan malakali mutaxassislari bilan xaqli ravishda faxrlanadi. Albatta , bu ishlarning barchasini amalga oshirishda universitetda faoliyat ko'rsatgan va ko'rsatib kelayotgan barcha fidoyi professor-o'qituvchilarning xizmatlari beqiyos. Portalimiz muxlislarini chin qalbimdan qutlayman.
O'ylaymanki, ushbu portalda universitet xayoti xaqida, unda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar, ta'lim yo'nalishlari to'grisida siz uchun kerakli bo'lgan turli xil ma'lumotlarni topasiz. Ishonchim komilki, bu ma'lumotlar professor-uqituvchilar, aspirantlar, magistrlar, talabalar, abiturientlar, litsey, kasb-xunar kollejlari va maktab o'quvchilari va ularning ota-onalari, xamda universitetni bitirgan mutaxassislar uchun foydali bo'ladi.
Rektor S.S. Qosimov