Toshkent axborot texnologiyalari universiteti filiallarini tashkil etish to'g'risida

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

QARORI

 

7 noyabr 2002 yil   Toshkent shahri 385 - sonli

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

faoliyatini tashkil etish to'g'risida

   O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish to'g'risida 2002 yil 30 maydagi PF-3080-son Farmonini va Vazirlar Mahkamasining Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish to'g'risida 2002 yil 6 iyundagi 200-son qarorini bajarish yuzasidan hamda axborot kommunikasiya texnologiyalari sohasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash sifatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qabul qiladi:

  1. Belgilab qo'yilsinki, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti respublikaning aloqa va axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va mutaxassislar malakasini oshirish bo'yicha bazaviy oliy ta'lim muassasasi hisoblanadi.
  2. Quyidagilar Toshkent axborot texnologiyalari universitetining asosiy vazifalari deb belgilansin:

  aloqa va axborot texnologiyalari sohasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash;

  o'quv jarayoniga o'qitishning zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish ishlarini tashkil etish, ta'lim muassasalari faoliyatini o'quv metodik ta'minlashga hamda respublika ta'lim tizimi uchun yagona axborot kommunikasiya makonini yaratishga ko'maklashish;

  oliy va oliy ta'limdan keyingi ta'lim dasturlari va standartlarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda, o'quv adabiyotlarini tayyorlashda qatnashish, aloqa va axborot texnologiyalari sohasida o'quv-metodik qo'llanmalar elektron kutubxonasi tizimini rivojlantirish.

  Xorijiy mamlakatlar o'quv muassasalari va ilmiy markazlari bilan aloqa va axborot texnologiyalari, dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish, xizmatlar va texnologiyalarning yangi turlarini joriy etish sohasida hamkorlikni kengaytirish

Vazirlar Mahkamasining Raisi         I.A.Karimov

2005 TATUFF. ISBN

Hosted by uCoz