Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Farg'ona filiali yangiliklari

   Toshkent elektrotexnika aloqa instituti 1955 yilda sobiq ittifoq aloqa vazirligiga qarashli 7 institutning biri sifatida tashkil etilib, tarmoq oliy o`quv yurti hisoblangan. Institut O`rta Osiyo respublikalari va qozog`iston uchun elektraloqa va radioaloqa injenerlarini tayyorlar edi.
    O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishishi bilan Toshkent elektrotexnika aloqa instituti O`zbekiston Respublikasi aloqa vazirligi tasarrufidagi tarmoq oliy o`quv yurtiga aylantirildi.
    1997 yil O`zbekiston Respublikasi aloqa vazirligi O`zbekiston Respublikasi pochta va telekommunikasiyalar agentligiga, 2002 yildan O`zbekiston aloqa axborot agentligiga aylantirildi.
    O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 2002 yil 30 maydagi farmoniga asosan Toshkent aloqa elektrotexnika institutiga universitet maqomi berildi va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti deb nomlandi. Universitetga axborot texnologiyalari bo`yicha mutaxassislarni tayyorlash topshirildi.

 

  O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan universitetning mamlakatimiz fani rivoji, milliy ta'lim tizimi va axborot kommunikasiya texnologiyalari sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, yoshlar tarbiyasidagi katta hissasini e'tiborga olib, 2004 yil 22 dekabrda «2005 yilda universitet 50 yilligini nishonlash to`g`risida»gi 569-sonli qarori qabul qilindi. Uni o`tkazish bo`yicha tayyorgarlik rejasiga asosan tashkiliy qo`mita tarkibi tasdiqlandi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 
 

 

 

TATUF.narod.ru. 2005

Hosted by uCoz